× yopish
Mamlakatni tanlag:

SMS-kollegiya

«SMS-Kollegiya» xizmati tashkilot xodimlarini xabardor etish uchun qulay vosita hisoblanadi, chunki u Internetga ulangan istalgan kompyuter orqali o’z korporativ guruhi ichida mustaqil ravishda SMSlar tarqatish imkonini beradi. «SMS-Kollegiya» xizmatidan foydalanish uchun «Korporativ Internet-yordamchi» xizmati yoqilgan bo’lishi kerak.  

«SMS-Kollegiya» xizmatiga ulangandan keyin Korporativ Internet-yordamchiga kirish va «SMS yuborish» tugmasini bosish kerak. Shundan so’ng turli vkladkalarga va mazkur korporativ guruhning barcha telefonlari umumiy ro’yxatiga ega sahifa ochiladi. Eng avvalo, har bir raqamining kimga mansubligini yozish, ya’ni ushbu telefondan foydalanuvchi xodimning ismi va vazifasini ko’rsatish kerak bo’ladi.

Guruh administratori ushbu raqamlardan SMS yuborish mumkin bo’lgan bir qancha guruhlarni tuzishi mumkin. Misol uchun, korxona rahbarlari yoki buxgalteriya xodimlari yoki istalgan boshqa mansabdagi shaxslar telefonlaridan iborat guruhlarni tuzish mumkin.

Shundan keyin guruhlar va abonentlar ro’yxatida kerak nomlar yoniga «belgi» qo’ygan holda foydalanuvchilar sifatida mazkur xabar yuborilayotgan abonentlar yoki butun guruhni ko’rsatish mumkin. Foydalanuvchilar sifatida bir nechta guruhlarni, va hech bir guruhga kirmagan abonentlarni, va korporativ guruhning barcha abonentlarini ko’rsatish mumkin. Shundan keyin tegishli maydonda xabar matni teriladi, va administrator «Yuborish» tugmasini bosadi.

Shunday qilib, korporativ guruh ichida xabar tarqatish yordamida korxona xodimlarini bo’lg’usi yig’ilish haqida tez va qulay xabardor etish yoki bir vaqtning o’zida bir nechta xodimga kerakli ma’lumotni yuborish mumkin.

Shuningdek «SMS-Kollegiya» xizmati yordamida avval yuborilgan xabarlar arxivini tekshirish, va ko’plab boshqa amallarni bajarish mumkin.

«O'zdunrobita» XK Muhim mijozlar bilan ishlash departamentiga yozma ariza yuborib yoki mustaqil ravishda «Korporativ Internet-yordamchi» orqali «SMS-Kollegiya» xizmatiga ulanish mumkin.

  • «SMS-Kollegiya»xizmatidan foydalanish uchun abonent to’lovi – $1/oy
  • «SMS-Kollegiya»xizmati yordamida 1 shaxsga yuborilgan har bir xabar – $0,03.

«SMS-Kollegiya»xizmati abonent to’lovi va uning yordamida yuborilgan xabarlar narxi korporativ guruh administratori uchun biriktirilgan telefon raqamidan undiriladi.

Narxlar barcha soliqlarni hisobga olib ko’rsatilgan.

Agar Sizda savol bo’lsa, quyidagi formadan foydalaning.

Agar Siz ma'lumot qidirib, uni ushbu sahifada topmagan bo'lsangiz, quyidagi formani to'ldiring. Biz saytimizni takomillashtirish bo'yicha bergan taklifingizni ko'rib chiqamiz.

Agar Siz ushbu sahifada xato topgan bo'lsangiz, kerakli bo'lgan matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini sayt operatoriga xabar berish maqsadida bosing.

Savol va takliflar:

Sizning fikringiz

Siz nima qidirdingiz?

Sahifa manzili
http://corp.mts.uz/uz/services/optimization_business/sms_coleg

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan

Sizning takliflaringiz

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan

Siz haqingizda ma'lumot

Ma'lumotlar taklifingiz bo'yicha aniqliklar kiritish maqsadida Siz bilan bog'lanish uchun kerak bo'ladi. "Yuborish" tugmasini bosar ekansiz, Siz o'z shaxsiy ma'lumotlaringizni ishlatishga ruxsat berasiz.

To'ldirilishi majburiy bo'lgan qism to'ldirilmagan