| Mamlakatni tanlag: | ||
|---|---|---|
| Mamlakatni tanlag: | ||
|---|---|---|
Endi MTS-O’zbekiston abonentlari «uchinchi avlod» tarmog’i doirasida bo’lganlarida ularga avtomatik ravishda «Yuqori tezlikda 3G Internet» innovatsion servisidan foydalanish imkoniyati beriladi. Ushbu servisni kompaniya ofislarida yoki o’ziga o’zi xizmat ko’rsatuvchi tizimlar orqali qo’shimcha ravishda aktivlashtirishga hojat yo’q.
Endi web-resurslar, korporativ tarmoqlar, pochta ilovalaridan yuqori tezlikda foydalanish mumkin! Bu yanada tezroq, oddiyroq va qulayroqdir.
«Yuqori tezlikda 3G Internet» xizmati HSDPA (High-Speed Downlink Packet Access – ma’lumotlarni bazaviy stansiyalardan mobil telefonga yuqori tezlikda paketli uzatish) texnologiyasi asosida taqdim etiladi.
Trafik narxi, shuningdek xizmatdan foydalanish uchun abonent to’lovi
«Yuqori tezlikda 3G Internet» xizmati tarifi kvanti 32 Kbni tashkil etadi.
Xizmatdan barcha tarif rejalariga ulangan abonentlar foydalanishlari mumkin (RED va TIME abonentlaridan tashqari)
«Yuqori tezlikda 3G Internet» xizmatidan foydalanish uchun mobil telefoni 3G mobil aloqa standartiga va HSDPA funksiyasiga moslashgan bo’lishi kerak.