| Mamlakatni tanlag: | ||
|---|---|---|
| Mamlakatni tanlag: | ||
|---|---|---|
Barcha MTS abonentlari yangi «SMS-Agent@Mail.Ru» xizmati yordamida «Mail.Ru Agent» dan o’z mobil telefonlariga xabarlar olishi, shuningdek o’z mobil telefonlaridan «Mail.Ru Agent» dagi elektron manzillarga javob SMS-xabarlarni yuborishi mumkin.
«SMS-Agent@Mail.Ru» xizmatini qo’shimcha yoqish talab etilmaydi.
Xizmatning ishlashiga misol:
«Mail.Ru Agent» dan kiruvchi SMS-xabarlar – bepul.
Mail.Ru Agent ga javoban 1 SMS-xabarning qiymati – $0,06.
Agar abonentlarning telefonlari WAP/MMS/GPRS xizmatlarini tutib turadigan bo’lsa va bu xizmatlar yoqilgan bo’lsa, u holda abonentlar Mobil Mail.Ru Agent dan foydalanib o’zaro muloqot qilishi mumkin. Bu holda barcha xabarlar bepul bo’ladi, faqat GPRS-trafik uchun haq to’lanadi.
Eslatma
Agar mobil telefonga Agentdan bir nechta xabarlar birdaniga kelgan bo’lsa, abonentning telefoniga ushbu manzillar ko’rsatilgan xabar keladi va ulardan biriga javob berish taklif etiladi.
Buning uchun «Javob berish» bandini tanlab bosish va xabar maydonida quyidagilarni kiritish kerak
Talab etiladigan E-mail manzili: xabarning matni.