Korporativ tariflarning afzalliklari
MTS korporativ xizmat ko’rsatishining afzalliklari nimadan iborat?
- Imtiyozli daqiqalarning turli hajmi bo’lgan tarif rejalarining keng ko’lami (0 dan 5000 gacha);
- 3 ta raqam bo’lganda korporativ rejalarga ulanish imkoniyati;
- Raqamlarni tanlash imkoniyati;
- Korporativ tarif rejalaridan xususiy tadbirkorlar ham foydalanishi mumkin;
- Korporativ mijozlar bilan ishlash xodimlari tomonidan alohida abonentlik xizmatlari ko’rsatilishi (kompaniya ofislarida);
- Korporativ mijozlar uchun ma’lumot xizmatining maxsus raqami 0990;
- Zamonaviy qo’shimcha xizmatlarning eng keng ko’lami;
- MTS ning aloqasidan jahonning 151 davlatida foydalanish mumkin, bu yerda 263 ta mobil aloqa operatorlari bilan rouming bitimlari tuzilgan. GPRS roumingdan 42 davlatda 66 ta operatorlarning tarmog’ida foydalanish mumkin (01.03.08 yildagi ma’lumotlar).
- Tarmoq ichidagi kiruvchi qo’ng’iroqlar imtiyozli daqiqalarning to’langan limitini sarf etmaydi;
- Imtiyozli daqiqalar tugaganda qo’ng’iroqlarning past qiymati;
- Korporativ guruhning ichidagi barcha qo’ng’iroqlar – bepul;
- O’zbekistonning barcha operatorlarining mobil telefonlaridan o'rnatilgan limitdan tashqari kiruvchi qo’ng’iroqlar – bepul;
- MTS tarmog’ining ichida chiquvchi qo’ng’iroqlar – 1 daqiqa uchun 0,02$;
Agar Sizda savol bo’lsa,
quyidagi formadan foydalaning.
Agar Siz ma'lumot qidirib, uni ushbu sahifada topmagan bo'lsangiz, quyidagi
formani to'ldiring. Biz saytimizni takomillashtirish bo'yicha bergan taklifingizni ko'rib chiqamiz.
Agar Siz ushbu sahifada xato topgan bo'lsangiz, kerakli bo'lgan matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini sayt operatoriga xabar berish maqsadida bosing.